Istaxriy, Abu Ishoq al-Forisiy al-Istaxriy
Istaxriy, Abu Ishoq al-Forisiy al-Istaxriy (taxm. 850-934) — geograf olim, Eronning Fors viloyatida yashagan. Eronzamin, Movarounnahr, Arabiston ya. o., Misr, Ispaniya, Mag’rib (Shim. Afri- ka) mamlakatlariga sa-yohat qilgan. I. ning geogr. sohasidagi ilmiy mero- si 930-933 y. larda Arab tilida yozilgan «Kitob masolik va-l-mamolik» («yo’llar va mamlakatlar kitobi; boshqa nomi «Ki- tob al-aholim» — «iqlimlar kitobi») asarida o’z aksini topgan. Mazkur asar Abu Zayd ibn Sahl Balxiyning «Suvar ul-aholim» asari asosida tuzilgan va 10-a. o’rtasida ommalashgan. I. asarida rub’i mas-kun (er yuzining obod choragi) ning umumiy tavsifi va o’lkalar haqida geografik ma’lumotlar (chegaralari, shahar va qishloqlari, jome masjidlar soni, manzillar, nahr (kanal)lar, karvon yo’llari, xo’jaligi, elatlari va h. k.) be- rilgan. Jumladan: Arab diyori, Mag’rib, Shom, Iroq, Xuziston, Fors, Kermon, Ozarbayjon, Huroson, Movarounnahr va b. qayd etilgan. O’lkalar tavsifiga ularning xaritalari ham chizib ilova qilingan. Movarounnahr tavsifi va xa-ritasida O’rta Osiyoning suvlari (Orol dengizi, Amudaryo, sir-Daryo, Zarafshon, kanallar), aholi mas-kanlari kabilar to’g’risida ma’lumot bor. I. ning ushbu asarini 976 y. Ibn Havqal tuzatib, to’ldirib yangi asar tuzdi va uni «kitob al-masolik va-l-mamolik» deb atadi. I. asarining bir necha forsiy tarjimala- ri bor, arabchasi Evropada ilmiy nashr qilingan (1870).