Iste’mol bozori
Iste’mol bozori — iste’- mol buyumlari va xizmatlar oldi-sot- Di qilinadigan, alohida shaxs yoki uy xo’jaliklari shaxsiy iste’mol uchun to- var va xizmatlarni sotib oladigan bozor. I. b. ning sub’ekti (ishtirokchilari) to- var sotuvchi firmalar, yakka sotuvchilar, aholi, davlat va jamoat idoralaridan iborat xaridorlar. Uning ob’ekti esa shu erda sotiladigan iste’mol buyum- lari va ijtimoiy-maishiy xizmatlar hisoblanadi. Bularning puldagi ifoda- si I. b. ning hajmini tashkil etadi. I. b. xalqaro, milliy, mahalliy va hududiy I. b. larga bo’linib, boshqa bozorlar- dan ko’p segmentliligi b-n farqlanadi. Bu segmentlardan eng yiriklari oziq- ovq-at, kiyim-kechak, uy-xo’jalik tovar- lari, maishiy va ijtimoiy xizmatlar bozori hisoblanadi. I. b. segmentla- ri xaridorning mavqeiga qarab yoshlar, bolalar, qariyalar, erkaklar va ayollar tovar bozoriga ajraladi. Xaridor- ning qurbiga qarab nufuzli tovarlar bozori, hammabop tovarlar bozori va arzon tovarlar bozorlariga bo’linadi. O’zbekistondagi I. b. supermarketlar, magazinlar, salonlar, do’konlar, deh-qon bozorlari va sanoat mollari bo-zorlari, pullik maishiy xizmat korxonalari, pul- lik ijtimoiy xizmat tashkilotlari va muassasalari faoliyatda namoyon bo’ladi.