ITBAXMASTBEL TIZMASI

ITBAXMASTBEL TIZMASI – Qashqadaryo viloyatidagi tizma. Hisor tizmasining Janubiy-g’arbiy tarmoqlaridan. Eng baland joyi 1040 metr, uzunligi 14 kilometr. Dehqonobod past tog’lari tarkibiga kiradi. Itbaxmastbel tizmasining Janubiy Sharqiy yon bag’irlari ancha tik. Yon bag’irlari quruq soy va o’zanlar bilan parchalangan, suvayirg’ich qismi paleogen (Buxoro yarusi)ning qattiq ohaktoshlaridan tarkib topgan. To’q bo’z tuproqlarda efemer va efemeroidlar, bug’doyiq, tog’shuvog’i, kovil, ko’ziquloq, bodom, lista va boshqalar o’sadi.