ITERATSIYA

ITERATSIYA (lotincha iteratio — takrorlash) — biror matematik amalni ko’p marta ishlatish. Masalan, /(x),/[Ax)],/ {/[/(x)]}… ketma-ketlik/(D:) funktsiya Iteratsiyalaridir. Xususiy holda/(x) = ax bo’lsa, bu funktsiyaning Iteratsiyalari quyidagi ko’rinishda bo’ladi: ax, a2x, a3x, … a»x, …. Qo’llanilayotgan amalning necha marta ishlatilganligini ko’rsatuvchi son Iteratsiya ko’rsatkichi deyiladi. Iteratsiya, xususan, turli (algebraik va funktsional) tenglamalarni ketma-ket yaqinlashish usuli bilan echganda uchraydi. Nazariy va tatbiqiy matematika masalalarini hal qilishda Iteratsiyadan foydalaniladi.