Itil

Itil — Xazar xoqonligining 8-10-asrlardagi markazining Sharq (Arab va fors) manbalaridagi nomlaridan biri. Itil ikki qismdan tashkil topib, u Itilning har bir qismi devor bilan o’rab olingan. Sharqiy qismida (xazaron) savdogarlar va hunarmandlar, g’arbiy qismida hukumat idoralari joylashgan. Itilning asosiy aholisi chorvachilik, dehqonchilik, baliqchilik bilan shug’ullangan. Itilning aholisi ham etnik (xazarlar, xorazmiylar, turkiy qavmlar, slavyanlar, yahudiylar), ham diniy jihatdan (musulmonlar, yahudiylar, xristianlar, majusiylar) xilma-xil edi. Itilda minoralar, ma’muriy, maishiy binolar hamda 30 masjid bor edi. Itil karvon savdosining, xususan, qul savdosining yirik markazi bo’lgan.