Itkir balandligi

Itkir balandligi — Amudaryo deltasidagi balandlik. Qiziljar va Qushxonatov balandliklari oralig’ida, Amudaryoning o’ng sohilida (daryodan 12,5 kilometr) joylashgan. Eng baland joyi 76 metr, nisbiy balandligi 15-16 metr. Paleogen va neogenning cho’kindi jinslari (gil, qumtosh, qum)dan tashkil topgan. Yon bag’irlari tikroq, quruq o’zanlar b-n parchalangan. Usti qum relef shakllari bilan qoplangan. Gil va tub jinslar ustida bo’z-qo’ng’ir tuproqlar tarkib topgan. Siyrak holda biyurg’un, boyalich o’sadi.