Itsichqonlar

Itsichqonlar, tiyinsichqonlar, dumsiz sichqonlar (La-gomyidae) — kemiruvchilar to’rkumi oilasi, 18 tacha turi bor. Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir va Shim. Amerikada tarqalgan. Tyanshan, Pomir, Kopetdog’, Oltoy, Hisor-Olay tog’larida va ba’zi baland tekisliklarda 8, O’rta Osiyo tog’larida 5 turi uchraydi. Dumsiz sichqon cho’llarda yashaydi. Itsichqonlar yerga bir nechta teshikli uya qaziydi. Bir yilda 2-3 marta urchiydi, har safar 4-12 bola tug’adi. O’t bilan oziqlanadi. Tanasining uzunligi 15-20 santimetr, orqa oyoqlari oldingisidan sal uzun, barmoqlari va kaftlari tuk bilan qoplangan.