IVANOV ALEKSEY IVANOVICH

IVANOV ALEKSEY IVANOVICH (1885— 1958) — mexanik olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898-1906), Germaniyaning Tyubingen shahridagi universitetni va Karlsrue (baden) politexnika institutini (1906-12), Peterburg politexnika institutini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik zavodida muhandiskonstruktor (1912-14). Yoqilg’i bo’yicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishladi (1917-19). 1919 yildan Turkiston universitetida, O’rta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (saxipi)da, O’rta Osiyo energetika institutida, O’rta Osiyo industrial institutida, Toshkent Politexnika institutida ishladi. Bir necha o’quv qo’llanmalari tuzdi.