IVANOVSKIY BORIS ANDREYEVICH

IVANOVSKIY BORIS ANDREYEVICH (1912, Tomsk — 1943.30.9, Zaporoje viloyati) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Namangan shahrida yashagan va ishlagan. 1941 yil avgustdan armiyada. 1942 yil oktabrdan frontda. 1942 yil Toshkent harbiy piyodalar bilim yurtini tugatgan. 311-gvardiyachi o’qchi polki (Janub front 44-armiyaning 108-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) batalon komandirining o’rinbosari. Ivanovskiy dushman mudofaasini yorib o’tib, jang qilgan, og’ir yaralanib, granata bilan o’zini dushman tanki ostiga tashlagan. 1943 yil 1 noyabrda (vafotidan so’ng) Qaxramon unvoni berilgan. Namangan shahrida uning byusti hamda yodgorlik lavhasi o’rnatilgan.