Ixshid

Ixshid (sug’dcha)-1) Sug’d va Farg’ona podsholari unvoni (V-VIII asrlar). Ilk o’rta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga bo’linib ketgandi. Ular turli nomad yuritilgan. Buxoro vohasida buxorxudotlar va vardonxudotlar. Miyonqolda davusshohlar. Ustrushonada afshinlar, Choch va Iloqda budun, tudun va boshqalar. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulolalariga mansub bo’lgan. Bu kichik davlatlar orasida Sug’d Ixshidlari eng qudratli sanalgan. Ularning poytaxti Samarqand bo’lgan. Ixshid atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar-chokarlari bo’lgan badavlar dehqonlar to’plangandi. Sug’d Ixshidi Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshab mulklarini bir ittifoqqa birlashtirgan. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritilgach, Ixshid unvoni bekor qilingan; 2) Suriya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935-969) vakillari unvoni.