IXTISOSLASHGAN XO’JALIK

IXTISOSLASHGAN XO’JALIK (qishloq xo’jaligida) — moddiy i.ch. tarmoklarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muayyan mahsulot turini eng katta salmoqda ishlab chiqaruvchi xo’jalik. I. x. 2 guruhga ajra-tila- Di. Birinchi guruhga davlat ahami- yatiga ega vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan chuqur ixtisoslashgan xo’jaliklar kiradi. Mas, turli sohalardagi ixtiro va ilg’or tajribalarni sinovdan o’tka-zishga hamda selektsiya tadbirlari asosida serhosil, tezpishar sifatli urug na- vlari va mahsuldor chorva mollarini yaratish hamda ularni ko’paytirish b-n shug’ullanuvchi xo’jaliklar shular jumla- sidandir. Ikkinchi guruhga qulay tabiiy va iqtisodiy omillar asosida u yoki bu mahsulotni salohiyati dara-jasida i. ch. imkoniyatga ega va asosan, shu mahsulotni etishtirishga ixtisoslashgan (Paxtachi- lik, sabzavotchilik, qorako’lchilik, asal- chilik) xo’jaliklari kiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tovarlik darajasi xo’jalikning ixti-so- slashuvini belgilovchi asosiy ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Eng yuqori tovar- lik darajasi va tovar mah-sulotlarini qiymatida salmoqli o’ringa ega bo’lgan mahsulot I. x.ning asosiy faoliyati yo’nalishini ko’rsa-tadi. I. x. mahsulot etishtirish qajmini ko’paytirish va xa- rajatlarni kamaytirish hamda sifatli, raqobatbardosh tovarlar i. ch. va sotish, tarmoqlarning daromad berish daraja- sini oshirishda katta imkoniyatlarga ega.