Ixtiyorova Maryam
Ixtiyorova Maryam (1939.21.4, Xo-razm viloyati, Yangibozor tumani) — O’zbekiston xalq artisti (1997). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1963). 1959 y.dan Muqimiy teatrining aktrisasi. Eng yaxshi rol- lari: muhabbat («ikki bilaguzuk»), Nursuluv («jon qizlar»), karomat («Toshbolta oshiq»), Halima («hali- ma»), Obidaxon («Muqimiy»), Xolisxon («Xolisxon»), Mengli («Mahtum-quli»), Jumagul («Qoraqalpoq qizi»), Xonuma («Xonuma xonim»), Rayhona («to’ydan oldin tomosha»), Qutlug’ni-gor («har kimki jafo qilsa»), Omina («Ibrohim Alayhussalom tavalludlari»), Zubayra («Kuyovlar konkursi»), Qaynona («Super qaynona») va b. «Ko’ngil ko’chalari» VI- deofilmidagi Gulsanam roli b-n yanada elga tanildi. I. lirik va xarakter-1 li rollar ustasi, hajviy rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Samimiyat, hayotiy talqin, sahna harakatlarining aniqligi I. ijodiga xos.