Izmaylova Galiya Bayazitovna
Izmaylova Galiya Bayazitovna (1923.12.2, Tomsk) — balet artisti, ba- letmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1951). Toshkent balet maktabini (1941), Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1961)ni tugatgan. 1941 y.dan na- voiy teatrining etakchi balet yakkaxo- ni, 1977-85 y.lar bosh baletmeyster, 1985 y.dan baletmeyster. Semurg’ («Oq bilak»), Mariya, Zarema («Bokchasa- Roy favvorasi») kabi ilk rollaridayoq qahramonlar ichki du-nyosini ifodali harakatlar orqali ochib berishga intil- gan. Eng yaxshi rollari: Kitri («don Kixot»), gulo-YIM («qirq qiz»), Tao- Xoa («Lola-qizg’aldoq»), Odetta-odi- liya («Oqqush kuli»), Xuanita («don Juan»), Gulnora («Raqqosa»), Karmen («Karmensyuita»), Layli («Layli va Majnun»), Chundari («Sevgi tumori»), Egina («Spartak») kabi obrazlari ba- diiy yuksakligi, ijro texnikasining mukam-malligi, Evropa mumtoz raqsini an’-anaviy o’zbek raqs harakatlarida uyg’unlashtirilishi b-n ajralib turadi. «Oqqush kuli», «Navruz», «Shahrizoda», «Sevgi tumori», «Kashmir afsonasi», «Sevgi afsonasi», «Boqchasaroy Favvo- rasi», «Esmeralda», «orzu», «Knyaz Igor», «Buron», «Faust», «Zebunniso», «Umar Xayyom», «Al Farg’oniy» kabi ope- ralarning raqslarini sahnalashtirgan. I. yangi turdagi o’zbek mumtoz raqs maktabi asoschilaridan. U Farg’ona, Bu- xoro, Xorazm xalq raqslari va Evropa raqsining ijobiy ta’sirida zamon mum- toz rake miniatyuralarining yaratuvchisi va mohir ijrochisi sifatida tanildi. M. Ravelning «Bolero» baleti, shuning- dek, M. Ashrafiyning «Dilorom» opera- si uchun «So’g’diyona», «Xindi», «Arab» va «Farg’ona» kabi mustaqil xoreografik miniatyuralar yaratdi. Qardosh xalqlar, Sharq va b. xalqlarning milliy xore- ografik san’atini o’rganib, «Jahon xalqlari raqslari» kontsert dasturini tuzdi. Uning repertuarida Hindiston, in- doneziya, Myanma, Suriya, Misr, Meksi- ka, Argentina, Kuba kabi turli mamlakat xalqlarining milliy raqslari mavjud. I. «Bahor», «Lazgi» va b. ansambllarda ko’pgina raqslar sahnalashtirgan. Bir qancha mamlakatlarda gastrolda bo’lib, tomoshabinlarni o’zbek xalq raqslari b-n tanishtirgan. I.ga bag’ishlangan «umr- ga teng raqs» filmi suratga olingan (1984). Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti laureati (1970). «Shuhrat» medali (1997), «Do’stlik» ordeni (1998) b-n mukofotlangan. Ad.: Avdeeva L., Galiya Izmaylova, T., 1975. Mohina Ashirova.