Izobarik sirt

Izobarik sirt — hamma nuqtasida atmosfera havosi bosimi bir xil bo’ladigan sirt. Izobarik sirtlarning o’zaro joylashuvi havo bosimining fazoda taqsimlanishi to’g’risida taassurot beradi. Tsikloida, ya’ni past bosim sohasida Izobarik sirtlar botiq sirtlardan, antisiklonda, ya’ni yuqori bosim sohasida esa qabariq sirtlardan iborat bo’ladi. Izobarik sirtning qiyaligi shamol tezligini aniqlaydi: Izobarik sirt qiyaligi qanchalik katta bo’lsa, shamol tezligi shunchalik kuchli ekanligini bildiradi. Izobarik sirtning biror sath (masalan, dengiz sathi va boshqa sirtlar sathi)ga qiyaligi minut ulushlari bilan o’lchanadi. Izobarik sirt sath bilan kesishsa, izobaralarni hosil qiladi. Asosiy Izobarik sirtlar: 1000, 900, 800, …, 100 MB, so’ngra 50, 25, 10 MB sirtdir. Meteorologiyada, ko’pincha, asosiy Izobarik sirtlarning dengiz sathidan balandlik xaritalari tuziladi. Izobarik sirt 1000 MB dengiz sathiga yaqin, 500 MB dengiz sathidan 5 kilometr chamasi balandda yotadi.