JABARIYLAR

JABARIYLAR (Arabcha «jabr» so’zidan — zo’rlik ishlatish, majbur qilish ma’nosida) — 7-asr oxiri — 8-asr boshida Islom ilohiyotida paydo bo’lgan oqimlardan biri. Jabariylar inson taqdirini Xudo mutlaq oldindan belgilab qo’ygan, hech qanday Iroda va faoliyat erkinligi yo’q, bular faqat Xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o’zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surganlar. Iroda erkinligi tarafdori bo’lgan qadariylarga qarshi bo’lganlar. Muhammad (sav) ning payg’ambarligini, xalifalar hukmronligini ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jahon urushlarida musulmon jangchisining o’limini taqdir bilan bog’lab mutaassiblikni kuchaytirishda Jabariylar ta’limotining ahamiyati katta bo’lgan. Shuning uchun Jabariylarni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qo’llab-quvvatlab, ularga qarshi bo’lgan diniy firqa va siyosiy guruhlarni ta’qib ostiga olganlar.