Jabraoyoqlilar

Jabraoyoqlilar (Branchiopoda) eng sodda tuzilgan qisqichbaqasimonlar kenja sinfi. Boshi (protosefalon) ko’krak bo’g’imlari bilan qo’shilmagan. Fasetkali ko’zi va nauplius ko’zchasi bor. Bargsimon ko’krak oyoklari suzish, nafas olish va oziqni og’ziga haydash uchun xizmat qiladi. Qorni oyoqsiz, ayri bilan tugaydi. 740 ga yaqin turi bor. Chuchuk suvda yashaydi, dengizlarda kam uchraydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi — nauplius, metanauplius 2 turkum: bargoyoqlilar (Phyllopoda) va Jabraoyoqlilar (Anostraca)ra bo’linadi. Jabraoyoqlilar turlarining tanasi cho’ziq, uzunligi 5 millimetrdan 3 santimetr, ba’zan 10 santimetrgacha. Ko’krak segmentlari (11, ba’zan 17-19), odatda bir juftdan oyoqlarga ega. 180 turi ma’lum. Jabraoyoqlilar keng tarqalgan, chuchuk suv havzalari, ko’lmak suvlarda yashaydi. Faqat artemiya sho’r va sho’rlangan suvli havzalarda uchraydi. Jabraoyoqlilar — mikroskopik suv o’tlari, detrit bilan oziqlanadi. Ko’pchiligi dastlab tuxumini tuxum xaltasiga qo’yadi, so’ngra suvga chiqaradi. Tuxumlari suv tubiga cho’kib, rivojlanadi. Ular uzoq, vaqt davom etadigan qurg’oqchilikka va haroratning keng chegarada o’zgarib turishiga chidamli; shamol orqali tarqalishi mumkin.