Jad doirasi

Jad doirasi – ekvatordan 23°27′ janubda joylashgan parallel, janubiy tropik 21- yoki 22-dekabrda Quyosh shu kenglikda zenitda bo`ladi va Quyosh ekvatordan eng janubga o`tgan bu nuqtani qishki Quyosh turishi nuqtasi deyiladi. Quyosh bu vaqtda Jad yulduzlar turkumida turganidan bu kenglik Jad doirasi deyiladi.