Jadid maktablari

Jadid maktablari-eski musulmon diniy maktablarini isloh qilib yangicha usulda ta’lim bergan va jadidchilik g’oyalarini ilgari surgan maktablar. Dastlab XIX asrning 80-yillarida tatar burjuaziyasi orasida paydo bo’ldi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida jaded maktablari Turkiston o’lkasida ham paydo bo’la boshlagan. Bu maktablarda diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o’qitilar edi. Bunday maktablar dastlab 1893 yili Samarqandda, so’ng Farg’ona vodiysida, Toshkentda o’zbek boylarining paxta zavodlari qoshida ochilgan.