Jadidchilik

Jadidchilik-arabcha so’z bo’lib, jaded, ya’ni yangilik uchun iborasidan kelib chiqqan bo’lib, yangilik uchun kurashganlar va ularning g’oyasi shunday deb atalgan. Jadidchilik XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiyada vujudga kelib, tatar burjuaziyasi orasida keng tarqalib, ular orqali XIX asrning 90-yillaridan boshlab O’rta Osiyoga kirib kelgan. Jadidchilik oqimining dastlabki tarafdorlari musulmoncha o’qitishni yevropacha ta’lim berish yo’li bilan isloh qilish, kapitalizmning rivojlanishiga to’sqin qilayotgan bir qator feodal sarqitlarni bartaraf etish va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surishgan.