Jahon xo’jaligi geografiyasi

Jahon xo’jaligi geografiyasi — iqtisodiy va ijtimoiy geografiya sohasi, xalqaro geografik mehnat taqsimotining shakllanishi, mamlakatlarning ixtisoslashuvi, har xil ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmron bo’lgan sharoitda dunyodagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xo’jaligini harakatlantiruvchi kuchi va negizidir. Jahon xo’jaligining geografik modeli 20-asr arafasida to’la-to’kis shakllanib bo’ldi. Uning rivojlanishi 20-asrning 1-yarmida ayrim hududlarni qamrab olinishi, mazkur asrning ikkinchi yarmida esa hududiy va ayniqsa tarmoqlar tarkibining takomillashtirilishi hisobiga amalga oshdi. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida jahon xo’jaligi va o’ning tarmoqlari strukturasida sodir bo’layotgan keskin siljishlar Jahon xo’jaligi geografiyasida katta o’zgarishlar bo’lishiga olib kelmoqda. Shu bois Jahon xo’jaligi geografiyasidagi strukturali siljishlarni o’z vaqtida o’rganish nihoyatda muhimdir. Jahon xo’jaligining hozirgi vaqtdagi geografik modeli kundan- kunga murakkablashib bormoqda. Jahon xo’jaligi tarkibida 10 ta eng muhim va yirik markazlarni (shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Braziliya, Janubiy-G’arbiy Osiyo, Rossiya, Avstraliya va Hindiston) ajratish mumkin. Mana shu va boshqa mamlakatlar hamda regionlar doirasidagi va o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy mo’nosabatlarni, ularga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlab berish Jahon xo’jaligi geografiyasisining muhim vazifasidir. Iqtisodiyotning ho’do’diy joylashuviga ta’sir etuvchi tabiiy (tabiiy sharoit va resurslar, tabiiy aloqa yo’llarining mavjudligi) va ijtimo-iqtisodiy (moddiy boyliklar ishlab chiqarish usullari, iqtisodiy geografik o’rni, mehnat resurslari, transport- iqtisodiy va boshqalar iqtisodiy sharoitlar, texnik rivojlanish darajasi, sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi nisbat, milliy daromad darajasi va hokazolar) omillar tadqiq qilinadi va ular bilan bog’liq muammolarni hal etish yo’llari izlanadi. Jahon xo’jaligi geografiyasi 2 qismdan iborat bo’lib, birinchi — asosiy qismi muhim tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar hamda dunyo regionlari va ayrim mamlakatlar miqyosida iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi resurslar va omillar sistemasi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi — regional mamlakatshunoslik qismida do’nyo miqyosida iqtisodiy-siyosiy vaziyatni belgilab beruvchi regionlar hamda ayrim iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning majmuali iqtisodiy-ijtimoiy holati o’rganiladi. Shuningdek, dunyo miqyosida aholisining soni, hududining kattaligi, ya’ni iqtisodiy salohiyati ulkan bo’lgan davlatlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi tavsifi, ularning geografik o’rni, tabiiy resurs omillari, aholisi va mehnat resurslari, xo’jaligi, ichki tafovutlari hamda tashqi iqtisodiy aloqalari bo’yicha mavjud ma’lo’motlarga asoslanadi. Jahon xo’jaligi geografiyasi iqtisodiy qonuniyatlarga amal qilgan holdagina mamlakatlar va regionlarga ularga xos tarmoqlar va hududiy tarkiblarni global, regional va ayrim davlatlar miqyosida haqqoniy tadqiq etish vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jahon xo’jaligi geografiyasida har bir mamlakatning dunyo iqtisodiyoti va siyosatida tutgan o’rni va rolini baholashga muhim ahamiyat berilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi jahon xo’jaligi strukturasida sanoat (paxta tolasi, avtomobillar, samolyotlar, elektr energiya, tabiiy gaz, rangli, nodir va qimmatbaho metallar, qurilish xom ashyosi va boshqalar) va qishloq xo’jaligi (paxta va Qorako’l terisi, sabzavot, meva va uzum, poliz ekinlari va boshqalar) mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirishda muayyan mavqega ega. Abduhakim Qayumov.