Jahonobod masjidi

Jahonobod masjidi – Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi me’moriy yodgorlik (1912). Mahalliy boy Madalibobo buyurtmasi bilan Isaboy Hoji o’g’li rahbarligida qurilgan. Masjid tarhi 15,2×15,6 metr, ikki ustunli xona va uning oldida (Sharq tomonga tutash) qurilgan ayvondan iborat. Xonaqoh va ayvon ichki devorlari ganch bilan suvalgan. Mexrob va tokchalari bor. Ayvon devoridagi namoyonlar manzarali naqsh gullar, Shift esa girih, Hovuzak, muqarnas bilan bezatilgan. Jahonobod masjidini qo’qonlik naqqoshlar usta boy-bobo va uning o’g’li G’ani bezagan.