Jakubek Barlos, Amir Joku, to’liq ismi Jakubek ibn muborak ibn to’g’on ibn Qodon ibn shar’a ibn Qarochor no’yon

Jakubek Barlos, Amir Joku, to’liq ismi Jakubek ibn muborak ibn to’g’on ibn Qodon ibn shar’a ibn Qarochor no’yon (7-1384) — barlos urug’ining yirik beklaridan. Amir Temurning qarindoshi, safdoshi va qaynotasi, xos kishisi. U 1371 yil Zinda Chashmning Amir Temurga karshi uyushtirgan fitnasini bostirgan. Shu vokeadan bir oz keyin Amir Temur uni Kobul shahri va viloyatining hokimi etib tayinlaydi. 1384 yil boshida u Kobulda vafot etganidan so’ng Sohibqiron unga taalluqli Kobuliston mulkini o’g’li Jahonshoh bahodurta va keyingi avlodlariga mulk qilib beradi.