Jalilov Abduhafiz

Jalilov Abduhafiz (1869 — Samarqand — 1954) — duradgor, yog’ochsoz usta, naqqosh. Samarqand me’morlik maktabining vakili. Dastlab usta Ne’matdan hunar o’rgangan. Sinchli uy qurish, eshik, sandiklarga bezaklar yasash, Islomiy naqshlar chizishga mohir bo’lgan. Usta Fayzulla bilan birga ishlagan, usta Abduqodir muhandis Boqiyev guruhida ishlab, undan muqarnas va guruh tuzish sirlarini puxta egallagan. Samarqanddagi Kalontarov uyi (hozirgi O’zbekiston xalqdari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi binosi), Xo’ja Ahror masjidining murakkab shaklli shiftlarini ishlagan, Xo’ja Yusuf masjidi va boshqa jamoat binolarini qurgan, bezagan.