Jalilov Dehqon

Jalilov Dehqon (1930.2.6, Andijon — 1992.7.6, Farg’ona) — o’zbek dirijyori, bastakor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). Moskva o’zbek opera studiyasining simfonik orkestr dirijyorligi bulimini tugatgan (1951), Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetida sirtdan ta’lim olgan (1953-56). Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali teatri (1941-47), Andijon (1954— 55), Buxoro (1956-59), 1960 yildan Farg’ona musiqali drama teatrlarida dirijyor. «Xolisxon» (Hamza, 1950), «Noma’lum kishi» (I. Sulton, 1965) kabi musiqali dramalar, «yangi yerda» (T. Tula), «San’atchi qizga», «bazmi gul yori bo’lsa» (P. Mo’min), «yor kutib» (T. Mahmudov), «Zamonam mening» (H. Muhammad) va boshqa qo’shiqlar muallifi. T. Jalilovning saylanma asarlari to’plami — «qo’shiklar guldastasi»ni nashr ettirgan (1989). To’xtasin G’afurbekov