Jalilov Ikrom
Jalilov Ikrom (1922.10.2, Chimkent) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), yuridik fanlari Doktori (1972), professor (1988). 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent davlat yuridik institutini (1946), shu institut aspiranturasini (1953) tugatgan. Andijon viloyatida tuman va shahar prokurori (1947-50), Toshkent davlat yuridik institutida o’qituvchi (1954-55). Adliya va prokuratura sohalarida ishlagan. 1958 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutining ilmiy xodimi, sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Ilmiy ishlari yer huquqini va agrar qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan. «Jasorat» medali bilan taqdirlangan (1994).