Jalilov Oston
Jalilov Oston (1937.17.9, Narpay tumani) — selektsioner genetik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1981), professor (1991). ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan (1961). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida katta laborant (1962-63), o’simliklar eksperimental biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim (1963— 71), katta ilmiy xodim (1971-75), g’o’za geterozisi va amaliy selektsiyasi laboratoriyasi mudiri (1975 yildan), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi «biolog» IIB bosh direktori (1991-97). 1997 yildan Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi institutida selektsiya va urug’chilikning genetik asoslari bo’limi boshlig’i. Ilmiy ishlari radiasion nurlanishning g’o’za genetik apparatiga ta’sirini va shu yo’l bilan olinadigan foydali yo’nalishdagi mutasiyalarning nasldan naslga o’tishini o’rganishga bag’ishlangan. Jalilov selektsiya ishlarida nurlanishdan foydalanish usulini taklif etdi. Bu usul keyingi avlodlardagi ayrim belgilarni barqarorlashtirish, mutantlarning qimmatli xususiyatlarini sanoat navlarining xo’jalik potentsiali bilan chatishtirish, selektsiya muddatini 2-3 yilga qisqartirish imkonini berdi. Jalilov 15 dan ortiq g’o’za navlarini yaratdi, ulardan 5 tasirlashtirilgan va katta maydonlarda ekiladi (an-Samarqand-2, Samarqand-3, Farhod, Oqoltin, Yulduz va boshqalar). As: Ispolzovanie radiomutantov v selektsii xlopchatnika, T., 1979; geneti- cheskie aspekti fotosinteza i adaptivnosti xlopchatnika, T., 1996 (S. M. Gazi-Yans bilan hamkorlikda).