Jalilov Xalil Madyorovich

Jalilov Xalil Madyorovich (1911.17.10, Oltiariq tumani — 2001.26.12, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971), iqtisod fanlari Doktori (1971), professor (1973). Saratov qishloq xo’jaligi institutini tamomlagan (1939). 1939-41 yillarda Andijon qishloq xo’jalik texnikumida o’qituvchi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-43). Urushdan qaytgach, O’zbekistonda ma’muriy va qishloq xo’jalik sohasida rahbar lavozimlarda ishladi. O’zbekistan Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti Direktori o’rinbosari (1956-57), qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti instituti direktori (1957-59), O’zKP MK qishloq xo’jaligi bo’limi mudiri (1959— 61), O’rta Osiyo Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti direktori (1961-65, 1967-76). 1976 yildan Toshkent xalq xo’jaligi instituti qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va uni tashkil qilish kafedrasi professor. Ilmiy ishlari qishloq xo’jalik iqtisodiyoti, jumladan paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini ko’tarish masalalariga bag’ishlangan.