Jammu

Jammu — Hindistonning shimoldagi shahar. Jammu va Kashmir shtatida, Tavi daryosi vodiysida. Shtatning ikkinchi ma’muriy markazi (qishki qarorgoh). Aholisi 250 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Himolay tog’lari etagidagi muhim transport yo’llari tuguni. Savdo markazi. Kimyo, to’qimachilik sanoati, hunarmandchilik rivojlangan. Ipak yigirish, sholi oqlash korxonalari bor. Kulolchilik buyumlari, dori-darmon, rezina va charmdan turli buyumlar ishlab chiqariladi.