Jamna, Yamuna

Jamna, Yamuna — Hindistondagi Daryo, Gang daryosining eng uzun va sersuv o’ng irmog’i. Uzunligi 1384 kilometr, havzasining maydoni 351 ming km2. Aksar tizmasining (Markaziy Himolay tog’lari) Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Yuqori qismi aksar chuqur daralardan, o’rta va quyi oqimi Hind-Gang tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi 2,5 ming m3/sekund. Yozgi musson yomg’irlari davrida ayniqsa sersuv bo’lib, ko’pincha toshadi. Quyilish yeridan Dehli shahrigacha kemalar qatnaydi. Daryo suvidan sug’orishda keng foydalaniladi. Jamna bo’yida Dehli, Agra, Iloxobod shaharlari joylashgan.