JAMOA XO’JALIGI

JAMOA XO’JALIGI — mulkiy pay va jamoaviy mehnat asosida ixtiyoriy uyushgan kishilarning shirkat (sheriklik) tashkiloti; xo’jalik yuritish shakli. Jamoa xo’jaligining bir qancha turlari bor va ular turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida O’zbekistonda Jamoa xo’jaligi ham shaklan, ham mazmunan xo’jalik yuritishning bozor usuli va tamoyillariga mos emasligi ma‘lum bo’lib qoldi. 1998-yilda O’zbekiston Respublikasining «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida» qonuni qabul qilindi. Respublika hukumatining 1998-yil 15-iyuldagi 299-sonli «Qishloq xo’jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan barcha Jamoa xo’jaligi shirkat xo’jaliklariga aylantirila boshlandi. Jamoa xo’jaligini shirkat xo’jaliklariga o’zgartirish mulkiy pay va oila nydpamura asoslangan bo’lib, maqsad qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, ularning mulkiy huquqlarini qayta tiklash va himoya qilish, bozor iqtisodiyoti talab va usullariga javob beradigan xo’jalik yuritish shaklini rivojlantirish maqsadlarini ko’zlaydi.