JAMOLOV KAMOL DAVLATOVICH

JAMOLOV KAMOL DAVLATOVICH (1920.15.7 — Buxoro tumani — 1977.8.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1940 yildan armiyada, 1943 yil martdan frontda. Dastlab 8-tank diviziyasi, 8-ponton batalonida pontonchi, so’ngra 123-alohida injenersapyorlar bataloni (Dasht fronti 7-gvardiyachi armiyaning 8-injenersapyorlar brigadasi)da sapyor. J. Poltava viloyati Kremenchug shahrining Janubi-sharqida Dnepr daryosidan pontonda jangchilarni sohilga olib o’tishda jasorat ko’rsatganligi uchun Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1943.26.10).