Jamukat, Hamukat
Jamukat, Hamukat — Yettisuvda, Talas daryosining so’l tomonida sug’dlar qurgan shahar (6-asr). Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da: «buxoroliklar… Tur- kiston va Taroz yaqinida bir shahar bino qilib, uni Hamukat deb atadilar, chunki Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi bo’lmish bir katta dehqonning nomi Hamuk edi; «Hamuk» deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, «ket» esa — shahar, ya’ni Hamukat «Hamuk — gavharning shahari» demakdir. Buxoro tilida katta odamni «hamuk», ya’ni falonchi Gavhar deydilar», deb yozilgan. Keyingi asrlarda shahar yanada taraqqiy etgan. Arab geografi Muqaddasiy Jamukatni Isfijob (Sayram) viloyati shaharlari ro’yxatida ko’rsatib: «Jamukat qal’asi va jome masjidi, devor bilan o’ralgan rabodida bozorlari bo’lgan kattagina shahar edi», deb yozadi.