JANATAYEVA JUMAGUL

JANATAYEVA JUMAGUL (1953.12.3, Kegayli tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Chimboy pedagogika bilim yurtini (1974), Nukus universitetini (1983) tugatgan. 1974 yildan Qorao’zak tumanidagi 7-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 1976 yildan 10-maktabda qoraqalpoq tili va adabiyoti o’qituvchisi. Maktabda namunali qoraqalpoq tili va adabiyoti xonasini tashkil etib, uni zamonaviy ko’rgazmali qurollar va boshqa texnik vositalar bilan jihozladi.