JANGOVAR BUYRUQ

JANGOVAR BUYRUQ – jangovar vazifani bajarish uchun qo’mondon tomonidan qo’shin (armiya, flot, qo’shilma, qism, bo’linma va hokazolar)larga beriladigan buyruq. Jangovar buyruq og’zaki yoki yozma tarzda bo’lib, unda dushman guruhi va uning harakatiga baho beriladi, qism (bo’linma)larning jang paytidagi harakat tartibi va vazifalari, qo’shin qismlarning vazifalari, itoatda bo’lgan qismlarning vazifalari va tayyorgarlik vaqti, boshqarish guruhining o’rni va b. zarur ma’lumotlar ko’rsatiladi. Jangovar buyruq qisqa, sodda va tushunarli bo’ladi.