Janubiy mirzacho’l kanali

Janubiy mirzacho’l kanali (JMK), A. A. Sarkisov nomidagi Janubiy Mirzacho’l kanali — O’zbekistondagi yirik kanallardan biri. Sirdaryo va Jizzax viloyatlari xududidan o’tadi. Farhod gidrouzelining o’lovchi kanalidan boshlanadi (Bekobod shahridan 7 kilometr berida). JMK va uning yirik tarmoqlari 1957-62 yillarda qurilgan. Mirzacho’lning Janubda sharqdan g’arbga oqadi. Uzunligi 127,7 kilometr. Bosh qismida suv o’tkazish imkoniyati 545 m3/s.