JANUBIY SANDVICH OROLLARI
JANUBIY SANDVICH OROLLARI -Atlantika okeanining Janubiy qismidagi vulkan orollari, Antarktikada. 8 ta yirik va bir necha mayda Orol va qoyalardan iborat. Maydoni 300 km2. Yer yuzasi tog’lik (balandligi 1372 metrgacha), vulkan jinslaridan tuzilgan (bazalt, tuf va boshqalar), qor va muz bilan qoplangan. So’nmagan vulkanlar bor. Har xil qush, tyulen ko’p. Qirg’oq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi. Doimiy aholisi yo’q. 1775 yil ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ekspeditsiyasi kashf qilgan.