JANUBIY UCHBURCHAK

JANUBIY UCHBURCHAK (lotincha Triangulum Australe) — osmonning Janubiy yarim sharidagi kichik yulduzlar turkumi. Belgisi Tga. Burchak chizig’i, tsirkul, Jannat qushi va qurbongoh yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorug’ yulduzlari 2-3 kattalikda. O’zbekiston hududida ko’rinmaydi.