JANUBIY URAL

JANUBIY URAL – Ural tog’larining Ufa daryosi bilan Ural daryosi oralig’idagi qismi. Uzunligi 550 kilometr. Balandligi 1640 metrgacha (Yomontov tog’i). Eni 250 kilometrgacha. Keng va baland qismi kvarsit, gneys, Kristalli slaneslardan tuzilgan. Sharqiy yon bag’irlarida tog’ dashti o’simliklari, undan yuqorida ignabargli o’rmonlar o’sadi.