Jar

Jar – oqar suvlar yumshoq tog` jinslarini o`yib hosil qilgan chuqurlik. Jar, asosan, lyoss, lyossimon qumoqdan tuzilgan baland tekisliklarda, tog` etagi qiyaliklarida ko`p uchraydi. Jar oqova va tashlama suvlarni oqizib quyish, o`rmonlarni kesib yuborish, agrotexnika qoidalariga xilof yer haydash, tartibsiz mol boqish natijasida ham vujudga keladi. Jarning uzunligi bir necha o`n km, kengligi va chuqurligi bir necha o`n m gacha bo`ladi. Jarlar odatda, yuqori qismining o`yilishi hisobiga o`sadi, tagi yer osti suviga yetgandan keyin chuqurlashishdan to`xtaydi. Jar ko`payib ketmasligi uchun daraxtlar o`tqaziladi, to`g`on va to`siqlar, tarnovlar, suv omborlari quriladi.