Jarchi

Jarchi — 1) o’tmishda hukmdorning el-ulusga qarata chiqargan farmoni, harbiy yurishga chiqish, harbiy safardan qaytish, biror tantanali marosim o’tkazish, ba’zi nomdor shaxslarni taqdirlash yoki jinoyatchilarni jazolash haqidagi oliy buyruqni va shunga o’xshash xabarlarni bozor maydoni yoki kishilar ko’p yig’iladigan joylarda baland ovoz bilan e’lon qiladigan shaxs; 2) ko’chma ma’noda — biron narsani e’lon qiluvchi, qaror toptiruvchi (Masalan, haqiqat Jarchisi). Buxoro xonligida Jarchi o’z mavqeiga ko’ra chuhra oqosi bilan yonma-yon turgan.