JARID

JARID, Jerid, jid — qamish nayza turi. Turk-mo’g’ul xalqlarida, shuningdek, arablarda muomalada bo’lgan. Mo’g’ullar orqali ruslarga o’tgan. O’rta Osiyo xalqlarida harbiy mashq paytida jangchi yigitlarni bir-biriga uloqtiradigan qamish poyasi ham ba’zan Jarid deb atalgan.