Jarqoq platosi

Jarqoq platosi – Buxoro viloyatidagi plato. Amu-Buxoro mashina kanalining o’ng sohilida joylashgan. Eng baland joyi 393 metr, uzunligi 12 kilometr, eni 3-4 kilometr. Plato atrofdagi tekislikka nisbatan gumbazeimon ko’tarilgan. Yon bag’irlari, ayniqsa, Janubiy-sharqi va shimoli- g’arbi ancha tik. Shimoli-g’arbiy yon bari tekislikka zinapoyasimon pasayib boradi, suvayirg’ich qismi yassi. Yon bag’irlari tub jinslar (ohaktosh, qumtosh, konglomerat)dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. Etaklarida mayda shag’al va qum aralash dag’al jinslardan iborat prolyuvial shleyf bor. Bo’zqo’ng’ir tuproqlarda asosan shuvoq, biyurg’un, boyalich, keyreuk tarqalgan.