Jarroh baliqlar

Jarroh baliqlar (Acanthuridae) — okunsimonlar turkumiga man- sub baliqlar oilasi. Tanasi yon tomondan yassilashgan, mayda tangachalar bilan qoplangan, uzunligi 15-60 santimetr. Dumining ikki yonida harakatchan o’tkir pixi bo’ladi. Pixlar teridagi chuqurchaga kirib turadi, xavf tug’ilganida bir zumda to’g’rilanib chiqadi. 300 ga yaqin turi tropik dengizlarda tarqalgan. Rangi chiroyli, koral riflari va suv osti qoyalari orasida uchraydi. Uvildirig’i suvda qalqib turadi. Chavoklari plankton bilan, voyaga yetgan baliqlar suv o’tlari bilan oziqlanadi. Suzgichlardagi tikanlari va dumidagi pixlari sanchilganida og’ritadi.