JARSOY

JARSOY — Toshkent viloyatidagi ilk va o’rta paleolit davri yodgorligi. Ko’lbuloq makonisan 1 kilometr shimoli- Sharqda joylashgan. Ohangaron vodiysida, 1994-95 yillarda O’. Islomov rahbarligida olib borilgan ekspeditsiya tekshirishlari natijasida aniqlangan. Jarsoydan ko’plab tosh qurollar, jumladan nukleuslar, levallua texnikasi bilan ishlangan qirg’ichlar, chopqilar va boshqalar topilgan.