JAVZA

JAVZA — qadimgi og’irlik o’lchovi. Qiymatlari: 1) 1 Javza = 1 misqol/drahmiy. Agar misqolning 4,25^-5 g ga, drahmiyning 3,3105-^4,25 g ga tengligi hisobga olinsa, 1 Javza 7 g-N0,57 g ga to’g’ri keladi. Javzaning shoh Javzasi ham bor, u 6 misqol/ dirhamga teng. Agar dirham misqolning 7/10 bo’lagiga tengligi hisobga olinsa, unda 1 Javza=6 miskol/dirham = 6 • 10/7 = 8,57 g bo’ladi. Ba’zi manbalarda Javzaning boshqa qiymatlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Masalan, Ibn Sinoning «Tib qonunlari»dagi jadvalda 1 Javza = 38,75 g, ba’zan 1 Javza = 17,0 g deb berilgan bo’lsa, boshqa adabiyotlarda 1 Javza = 29,75 g yoki 1 J. = 25,5 g deb berilgan.