Jaydari g’o’za

Jaydari g’o’za – O’zbekistonda qadimdan ekib kelingan g’o’za. Mahalliy sharoitlarga yaxshi moslashgan. Ko’saklari mayda va o’rtacha, dumaloq, uchi suyri, yaxshi ochilmaydi, ko’sak bandida osilib turadi. Jaydari g’o’za joyning nomi yoki biror muhim belgisi bilan atalgan. Masalan, «Qo’qon g’o’zasi», «Xorazm g’o’zasi», «Xiva g’o’zasi», «malla g’o’za», «qizil g’o’za» va boshqalar. Keyinchalik serhosil yangi g’o’za navlari yaratilganidan keyin Jaydari g’o’za 1929 yildan boshlab O’zbekistonda butunlay ekilmaydigan bo’ldi.