Jayhoniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad

Jayhoniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad (10-asr) — olim, Somoniyyaar amiri Nasr ibn Ahmadniyat (914-943) vaziri. Falsafa, astrologiya, astronomiyani qunt bilan o’rgangan, geografiyaga oid bir qancha asar yozgan. «Kitob al-masolik val-mamolik»(«yillar va mamlakatlar haqida kitob») nomli asari haqida ma’lumotlar bor, xolos. Arab geografi al-Mas’udiyning yozishicha, bu asarda shaharlar, dengiz va daryolar, shuningdek, turli xalqlar haqida ma’lumotlar berilgan, turli-tuman rivoyatlar va voqealar hikoya qilingan. Bu asardan Sharqning ko’p olimlari, jumladan Beruniy ham foydalangan.