Jayralar

Jayralar (Nystricidae) — kemiruvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Tanasining uzunligi 90 santimetrgacha, og’irligi 15 kilogrammcha. Usti va yonlari uzunligi 40 santimetrgacha bo’lgan uzun, qattiq jun, qorin tomoni qattiq qillar bilan qoplangan. 10 ga yaqin turni o’z ichiga olgan 4 urug’dan iborat. Afrika, Janubiy Yevropa, Janubiy va G’arbiy Osiyoda uchraydi. Nystrix nirsutirostris Kavkaz, Qozog’iston va O’rta Osiyoda yashaydi. Jayralar tog’ va tog’ etaklarida, tekisliklardagi soy va jarliklarda, aholi punktlariga yaqin joylarda chuqur uya qazib yashaydi. Bahorda uchraydi, 2-4 ta bola tug’adi. Qishda o’simliklarning piyozi, ildizpoyasi va urug’i, ko’klamda o’t, yozda makkajo’xori, tarvuz, qovun, uzum, to’kilgan mevalar bilan oziqlanadi. Jayralar ekinlar zararkunandasi hisoblanadi. Jayralarning go’shti yeyiladi.