Jayranxona qiri

Jayranxona qiri – Surxondaryo viloyatidagi qir. Bobotog’tizmasining Janubi-g’arbida joylashgan. Eng baland joyi 479 metr (Qizilmozor cho’qqisi). Nisbiy balandligi 40-100 metr, quruq o’zanlar bilan parchalangan. Jayranxona qiri neogenning gil, karbonatli va sulfatli jinslaridan tashkil topgan. Yon bag’irlari eol qumlari bilan qoplangan. Etaklaridagi prolyuvial shleyflarda bo’z qo’ng’ir tuproqlar, ayrim joylarda cho’l qum tuproqlari va qumliklar tarqalgan. Bo’zqo’ng’ir tuproqlarda shuvoq, qumliklarda efemer va efemeroidlar, shuningdek, juzg’un, selin, taroqbosh, astragal o’sadi.