Jeksonvill

Jeksonvill – AQShning Janubiy- sharqidagi shahar. Aholisi 735,6 ming kishi (2000). Florida shtatining shimoliy-Sharqiy qismining iqtisodiy markazi. Dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 million tonna), muhim temir yo’l va shosse yo’llar tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xo’jalik mahsulotlari (tamaki, yer yong’oq va mevalar) yetishtiriladigan va o’rmonchilik rayonining savdo markazi. Qora metallurgiya, metallsozlik sanoati rivojlangan. Tsellyuloza-qog’oz, yog’ochsozlik, poligrafiya, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, tamaki, kemasozlik va kema remonti korxonalari, universitet bor. Shaharga 1822 yilda asos solingan. AQShning harbiy-dengiz bazasi.